36
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ular
-
ning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar
korxona faoliyatida shax
-
siy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatini
ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING
KAMCHILIKLARI
M
as’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan chek
-
lab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar
hisobiga kengaytirishga
to‘sqinlik qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota
olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan
chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi.
Bu esa ularning
qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning
roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib
ketishiga olib kelishi
mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri
qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA
DIVIDENDGA SOLIQ
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividend
-
dan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.
Misol.
«SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha
sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan
tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
– birinchi ta’sischi – 45%;
– ikkinchi ta’sischi – 25%;
– uchinchi ta’sischi – 18%;
– to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida
quyidagicha
taqsimlanadi:
– birinchi ta’sischi – 47000000 × 45% = 21 150 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 47000000 × 25% = 11 750 000 so‘m;
37
– uchinchi ta’sischi – 47000000 × 18% = 8 460 000 (soliq
summasi
8 460 000 × 10% = 846 000) so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 47000000 × 12% = 5 640 000 (soliq summasi
5 640 000 × 10% = 564 000) so‘m.
Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miq
-
dorda hisoblanadi:
– birinchi ta’sischi – 21 150 000 × 10% = 2 115 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 11 750 000 × 10% = 1 175 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 8 460 000 × 10% = 846 000 so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 5 640
000
×
10%
=
564 000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: