39
Mamlakatimizdagi «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir
yo‘llari» kabi kompaniyalar ham aksiyadorlik
jamiyati shaklida tashkil
etilgan.
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati
-
ga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga
taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ-370-sonli
yangi tahrirdagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq-
larini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
AKSIYADORLIK JAMIYATI TURLARI
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq ak-
siyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni
cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch
shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning ak
-
siyadori bo‘lishi lozim. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni
chegaralanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi
chiqarayotgan aksiya
-
larga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga
olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Aksiyalari faqat o‘z muassislari
yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan ak
-
siyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bunday jami
-
yat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga
yoxud ularni
cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda
taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining
soni ellik nafardan oshmasligi zarur.
Dostları ilə paylaş: