35
di gan jamiyat. U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning
kelishuviga ko‘ra
tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi
(ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan
miqdorlarda ulush
-
larga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb
hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning
majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bi
-
lan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan
hissalar qiymati doirasida
javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli
«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulush
-
larini qo‘shish orqali shakllantiriladi. U eng kam ish haqining 40 ba
-
robaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat
ishtirokchilari soni
50 nafardan oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan che
-
garadan
oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak
bo‘ladi.
Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan
o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgi
-
na kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos.
Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida
ularning ustav fondida
-
gi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan
dividend summalariga
nisbatan soliq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: