123
Investitsiya loyihasi
– iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘sindagi foyda
olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq
tadbirlar majmuyidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-380-
sonli yangi tahrirdagi «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni,
6-modda
Investitsiya
loyihasining ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tijorat,
moliya
-
viy, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy loyiha kabi turlari bo‘lishi mumkin.
INVESTITSIYA LOYIHASI TAHLILI
Investitsiya loyihasining to‘g‘ri ishlab chiqilganligi,
unda belgilangan
chora-tadbirlarning asosli ekanini baholash uchun uni tahlil qilish kerak
bo‘ladi.
Investitsiya loyihasi tahlili
– investitsiyalarni amalga oshirishning
maqsadga muvofiqligini baholash imkonini
beruvchi muayyan usul va
harakatlar majmuyi.
Har qanday investitsiya loyihasi tahlili quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga
oladi:
1) zarur ma’lumotni tanlash va tayyorlash;
2) dastlabki ma’lumotni qayta ishlash va tahliliy ma’lumotni shakl
-
lantirish;
3) tahliliy ma’lumotni
talqin etish;
4) xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: