STARTAPNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI Startapni moliyalashtirish manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– biznes-angellar;
– venchur fondlar;
– tanishlar va qarindoshlar.
Biznes-angellar (ingl.
angel, business angel, angel investor va bosh
-
qalar) – biznesga, odatda, g‘oyaning shakllanishi bosqichidan boshlab
investitsiya kirituvchi xususiy shaxslar. Ular kompaniyaning ishiga ara
-
lashmaydilar, o‘zlari kiritgan mablag‘larni ham zudlik bilan qaytarilishini
talab etmaydilar. Kompaniya startapiga qo‘yilgan investitsiya biznes-an
-
gellarning asosiy daromad manbai emas. Shunga ko‘ra, ularning maqsadi
uzoq muddatli istiqbolda foyda olish hisoblanadi.
Venchur fondlar biznes-angellardan farqli holda, startapga o‘z omo
-
natchilari (sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, xususiy shaxslar)ning
mablag‘larini investitsiya qiladilar. Ularning loyihalarni moliyalashtirish
-
dagi ishtiroki yuqori yoki o‘rta darajadagi risk hisoblanadi, biroq olinadi
-
gan daromad darajasi ham yuqori bo‘ladi.
STARTAP UCHUN INVESTOR QIDIRISH Startap loyihasi uchun investor izlashning eng samarali usullaridan biri
«Networking» hisoblanadi.
«Networking» – tarmoqlarga oid forum va konferensiyalarda, star
-
tap tanlovlarida, venchur investitsiyalash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok
etish hisoblanadi.
Ushbu tadbirlarda moliyaviy manbalarga ega bo‘lishni xohlovchi
ko‘plab kompaniyalar bilan bir qatorda, bo‘lg‘usi investorlar ham ishti
-
rok etadi.
Kompaniya startapi uchun investorni jalb etishda tegishli forum va
sa
ytlarda e’lonlarni chop etish katta yordam berishi mumkin. Shuningdek,
startaplar birjasi hamda startaplarni moliyalashtiruvchi tashkilotlar ham
mavjud.