STARTAPLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Startaplar bir necha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi.
«Pre-startup» bosqichi – g‘oyaning paydo bo‘lishidan boshlab tovar
-
ning bozorga chiqishigacha davom etuvchi davr.
«Pre-seed» bosqichi – g‘oya shakllanib bo‘lgan, iste’molchi uchun
aynan nima zarurligi aniqlanib bo‘lgan bosqich. Biroq hali g‘oyani qanday
qilib texnik jihatdan yaxshiroq amalga oshirish borasida aniq tasavvur
mavjud bo‘lmaydi.
«Seed» bosqichi – bozorni o‘rganish, startap rejasini tuzish, texnik
topshiriqni tuzish va amalga oshirish, tovar namunasini yaratish va sinov
-
dan o‘tkazish, dastlabki investorlarni izlash va loyihani ishga tushirishga
tayyorgarlik bosqichi.
«Startup» bosqichi – loyihani ishga tushirish hamda uning ishlashining
boshlang‘ich davri. U Ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
O‘sish bosqichi – startap bozorda barqaror holatni egallab, biznes-re
-
ja tuzish bosqichida belgilangan marraga yetish uchun ishonchli harakat
amalga oshiriladi.
Kengayish bosqichi – startap dastlabki maqsadli bozordagi biznes-re
-
jani amalga oshirib, boshqa bozorlarni egallash hisobiga o‘z chegarasini
kengaytira boshlaydi.
Chiqish bosqichi – startapni moliyalashtirishda ishtirok etgan biznes-
angel va venchur investorlarning to‘liq yoki qisman biznesdan chiqishi.
Biznesdan chiqish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
– firmani strategik investorlarga sotish;
– kompaniya aksiyalarini birjada joylashtirish;
– kompaniya aksiyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondlariga so
-
tish;
– biznes faoliyatini to‘xtatish va korxonaning bankrotligi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Biznes loyiha nima?
2. Biznes loyihaning biznes-rejadan qanday farqi bor?
3. Biznes loyihaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4. Startap nima? Uning biznes loyihaga qanday aloqasi mavjud?