71
TADBIRKORNING MAJBURIYATI
Tadbirkorlik mas’uliyati ko‘proq tadbirkor
tomonidan majburiyatlar
-
nin
g to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorning majburiyati
– davlat tomonidan tadbirkor uchun
rioya etilishi yoki bajarilishi shart etib belgilangan
xatti-harakatlar
qoidalari majmuyi.
Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
SHARTNOMA MAJBURIYATLARINI BAJARISH
Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar – davlat idoralari,
korxonalar
va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar bilan tuzilgan shartno
-
malar asosida olib boradi.
Shunday ekan, u eng avvalo mazkur shartno
-
malardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim.
Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mav
-
jud bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaq
-
tida yoki yetarli hajmda yetkazib berilmasligi – mamlakatda narx-navo-
ning keskin o‘sishi hamda ocharchilikning
kelib chiqishiga; korxonalarga
xom ashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi – ishlab chiqarishning
qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtiso
-
diyotning inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: