66
14-MAVZU
TADBIRKORLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN
O‘TKAZISH
...Tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni
rasmiylashtirishda
ko‘maklashish, davlat organlarida vakillik qilish, nizolarni sudgacha hal
etish, mehnat huquqi bo‘yicha yuridik xizmatlar ko‘rsatish, huquqiy sa
-
vodxonlikni oshirish kabi yo‘nalishlarda bunday xizmatlarni kuchaytirish
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yuqoridagi rasmlarda ifodalangan idoralar
qanday davlat xizmatlarini
ko‘rsatadilar?
2. Qaysi bir idorada umumiy tavsifdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi deb
o‘ylaysiz? Nima uchun?
3. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi odamlarda
qaysi davlat xizmatlariga
ehtiyoj tug‘ilishi mumkin?
TADBIRKORLIKNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH
Siz o‘tgan mavzularda tadbirkorlik faoliyatining
tashkiliy-huquqiy
shakllari bilan tanishib chiqdingiz. Endi o‘zingiz
uchun tadbirkorlik fa
-
oliyatining
eng qulay shaklini tanlab, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.
67
Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan payt-
dan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: