U. G‘afurov, Q. Sharipov


MARKETING TADQIQOTI MAQSADINI ANIQLASH VA



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

MARKETING TADQIQOTI MAQSADINI ANIQLASH VA 
VAZIFALARNI QO‘YISH
Marketing tadqiqotidan nima kutiladi – buni aniq tasavvur etish maq
-
sadni aniqlab olishni taqozo etadi. Maqsadga qarab, unga erishishni 
ta’minlovchi vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, aynan shu bosqichda 
tadbirkorlikni tashkil etish borasidagi taxmin yoki farazlar ilgari suriladi. 
Masalan:


105
– maktab yonida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlari do‘konini 
ochish katta foyda keltiradi;
– tayyorlangan mahsulotlarni o‘quvchilarning sinf xonalariga yetkazib 
berish usulidan foydalanish sotish hajmini keskin oshiradi va h.k.
Marketing tadqiqoti davomida ushbu taxmin yoki farazlarning to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi.
MARKETING TADQIQOT REJASINI ISHLAB CHIQISH
Marketing tadqiqoti davomida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarning 
aniq majmuyi uning rejasini namoyon etadi. Rejada, eng avvalo, quyidagi 
jihatlar bayon etiladi: 
1) marketing tadqiqotini amalga oshirish borasidagi muammolar.
Masalan:
– maktab o‘quvchilarida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlariga ta
-
labning mavjudligi to‘g‘risda ma’lumotning yo‘qligi;
– maktab rahbariyatining tayyorlangan mahsulotlarni sinf xonalariga 
olib kirishga ruxsat berish yoki bermasligining noaniqligi va h.k.;
2) maqsadli guruh, ya’ni mahsulotning potensial xaridorlari. 
Bu 
o‘rinda sizning maqsadli guruhingiz mazkur maktab o‘quvchilari hisobla
-
nadi. Siz ularning bu boradagi fikrlarini o‘rganishingiz kerak. Biroq barcha 
maktab o‘quvchilari bilan birma-bir suhbatlashib chiqish juda ko‘p vaqt 
talab qiladi. Shunga ko‘ra, siz ularning ma’lum bir qismidan, aytaylik, har 
bir sinfdan bir nafar o‘quvchidan so‘rov o‘tkazish orqali fikrini bilishingiz 
mumkin;

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin