106
MARKETING TADQIQOTI YUZASIDAN
AXBOROT TO‘PLASH
Axborotlar ikki turda – birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Bir
-
lamchi axborotlar shu vaqtga qadar mavjud bo‘lmagan
axborotlar hisob
-
lanib, ular quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
– tadqiqot qilinayotgan muammo yuzasidan o‘z fikriga ega bo‘lgan
maslahatchi yoki ekspertlar;
– tadqiq etilayotgan muammo ishtirokchilari
harakatlarini kuzatish;
– so‘rov orqali o‘rganish va eksperiment.
Ikkilamchi axborotlarga olingan axborotlarni tahlil qilish orqali keltirib
chiqarilgan ma’lumotlar kiradi.
OLINGAN AXBOROTNI TAHLIL QILISH
Marketing tadqiqoti o‘tkazish natijasida olingan
axborotlar tahlil qilib
chiqiladi. Tahlil maxsus usullar orqali amalga oshirilib,
keng ommaga
tushunarli bo‘lishi uchun jadval,
diagramma, grafik ko‘rinishlarida ras
-
miylashtiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI BO‘YICHA
TAQDIMOT TAYYORLASH
Siz o‘tkazilgan marketing tadqiqoti natijalarini
manfaatdor tomonlar
-
ga – rahbariyat,
investorlar, biznes-hamkorlar,
bank xodimlari va boshqa
mutaxassislar e’tiboriga yetkazishingiz lozim bo‘ladi. O‘z fikr va xulosan
-
gizni tinglovchiga aniq, tushunarli va qiziqarli holda yetkazish – boshlagan
ishingiz muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: