telefon orqali so- tish samarali shakllardan biri hisoblanadi.
Ushbu shakl tovarlarni sotish
-
ning faol, erkin shakli bo‘lib, bunda sotuvchi mijozlarni telefon orqali
reklama qilish vositasida jalb etadi.
Siz
murakkab mahsulot yoki xizmatlar, masalan, injiniring xizmatla
-
ri, qurilish, axborot texnologiyalari mahsulotlari uchun
maslahat berish orqali sotish shaklini tanlashingiz to‘g‘ri hisoblanadi.
Bunda siz sotuv-
chi sifatida mutaxassis-maslahatchilarni jalb etib, ular xaridorlarga tovar
to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni yetkazishi lozim bo‘ladi.
O‘zaro muhokama qilish asosida sotishda tovar bo‘yicha fikr-mulo-
hazalar tinglanadi, sotuvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro tushunish, umumiy
nuqtayi nazar hissini shakllantirishga harakat qilinadi.
TOVARNI SOTISH BOSQICHLARI Siz tovar sotishni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz,
uning har bir bosqichiga e’tibor qaratishingiz lozim.
Muloqotga kirishish va aloqa o‘rnatish. Sotishning dastlabki bosqichi
bo‘lgan bu jarayon ayni paytda uning natijasini ham belgilab beradi. Siz
xaridor bilan muloqotga kirishar ekansiz, eng avvalo uning ishonchini
qozonishingiz zarur. Xaridor sizning so‘zlaringizdan har qanday holda
ham o‘z tovarini sotmoqchi bo‘lgan kishini emas, balki o‘z xohish-istagini
to‘liq tushunishga harakat qilayotgan hamkorni tasavvur etishi lozim. Aks
holda bu bosqichning ikkinchi qismi – aloqa o‘rnatish amalga oshmaydi.
To‘g‘ri, ehtimol xaridor sizning tovaringizni sotib olar, biroq u sizning
doimiy mijozingiz va hamkoringizga aylanmay qolishi mumkin.
Shuning uchun xaridorni
tinglash va ehtiyojini aniqlash muhim hisob
-
lanadi. Siz xaridorni o‘z istaklarini to‘liq ifodalashiga imkon bering va uni
diqqat bilan tinglayotganingizga ishontiring. Balki xaridor o‘z ehtiyojini
yetarli darajada ifodalay olmas. Siz uning ehtiyojini to‘g‘ri aniqlashga
harakat qiling.
Xaridor ehtiyoji aniqlangandan keyingi bosqich – unga