U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

telefon orqali so-
tish 
samarali shakllardan biri hisoblanadi.
 
Ushbu shakl tovarlarni sotish
-
ning faol, erkin shakli bo‘lib, bunda sotuvchi mijozlarni telefon orqali 
reklama qilish vositasida jalb etadi. 
Siz
 
murakkab mahsulot yoki xizmatlar, masalan, injiniring xizmatla
-
ri, qurilish, axborot texnologiyalari mahsulotlari uchun 
maslahat berish 
orqali sotish 
shaklini tanlashingiz to‘g‘ri hisoblanadi.
 
Bunda siz sotuv-
chi sifatida mutaxassis-maslahatchilarni jalb etib, ular xaridorlarga tovar 
to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni yetkazishi lozim bo‘ladi. 
O‘zaro muhokama qilish asosida sotishda 
tovar bo‘yicha fikr-mulo-
hazalar tinglanadi, sotuvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro tushunish, umumiy 
nuqtayi nazar hissini shakllantirishga harakat qilinadi. 
TOVARNI SOTISH BOSQICHLARI
Siz tovar sotishni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, 
uning har bir bosqichiga e’tibor qaratishingiz lozim.
Muloqotga kirishish va aloqa o‘rnatish. 
Sotishning dastlabki bosqichi 
bo‘lgan bu jarayon ayni paytda uning natijasini ham belgilab beradi. Siz 
xaridor bilan muloqotga kirishar ekansiz, eng avvalo uning ishonchini 
qozonishingiz zarur. Xaridor sizning so‘zlaringizdan har qanday holda 
ham o‘z tovarini sotmoqchi bo‘lgan kishini emas, balki o‘z xohish-istagini 
to‘liq tushunishga harakat qilayotgan hamkorni tasavvur etishi lozim. Aks 
holda bu bosqichning ikkinchi qismi – aloqa o‘rnatish amalga oshmaydi. 
To‘g‘ri, ehtimol xaridor sizning tovaringizni sotib olar, biroq u sizning 
doimiy mijozingiz va hamkoringizga aylanmay qolishi mumkin. 
Shuning uchun xaridorni 
tinglash va ehtiyojini aniqlash
muhim hisob
-
lanadi. Siz xaridorni o‘z istaklarini to‘liq ifodalashiga imkon bering va uni 
diqqat bilan tinglayotganingizga ishontiring. Balki xaridor o‘z ehtiyojini 
yetarli darajada ifodalay olmas. Siz uning ehtiyojini to‘g‘ri aniqlashga 
harakat qiling.
Xaridor ehtiyoji aniqlangandan keyingi bosqich – unga 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin