tovarlarni oldindan buyurtma qabul qilgan holda sotishni yo‘lga qo‘yishingiz mumkin. Ushbu holatda
xaridorlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tovarni oldindan buyurtma qiladilar.
Buyurtmalar kelishilgan muddatda magazindan olinishi yoki uy, ish joyiga
yetkazilishi mumkin. Qulayligi: xaridor tovarni o‘z vaqtida va kafolatli
tarzda sotib oladi; sotuvchi doimiy mijozga ega bo‘lgani holda, kafolatli
sotish imkoniga ega bo‘ladi.
Murakkab va raqobat kuchli bo‘lgan sharoitdagi tovarlarni sotishda
mijoz hurmatini qozonishning samarali yo‘li –
yakka tartibda xizmat ko‘rsatishdir. Bunda
siz
tovar
sotishni har bir xaridorga alohida xizmat
ko‘rsatish shaklida tashkil etasiz. Xaridorga tovarlarni tanlashda yordam
-
lashib, tovardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berasiz, tovarni qa
-
doqlab, xaridorga taqdim etasiz. Shuningdek, xaridor bilan hisob-kitob
qilishning barcha shakllari, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, xaridor
xohishiga ko‘ra manzilga yetkazib berish, tovar qaytarilgan holatda qabul
qilib olishni ham yo‘lga qo‘yasiz.
Agar siz maishiy texnika vositalari, mebel va boshqa jihozlarni sot
-
moqchi bo‘lsangiz,
erkin namoyishga qo‘ygan holda sotish shaklidan
foydalanganingiz ma’qul. Savdo maydonchasiga qo‘yilgan tovarlar bilan
xaridor mustaqil tarzda tanishib chiqadi, zarur hollarda siz u tanlagan to
-
varning sifatini tekshirib, maslahatlar berasiz, tovarni qadoqlab, xaridorga
taqdim etasiz.
MURAKKAB TOVARLARNI SOTISH SHAKLLARI Agar sizning tovarlaringiz hajm jihatidan katta, tashish qiyin bo‘lsa,
u holda
tovarlarni namunalari bo‘yicha sotish shaklidan foydalanish
qulaydir.
Xaridorlar mustaqil holda yoki sotuvchi kuzatuvida savdo zaliga
qo‘yilgan namunalar bilan tanishib chiqadi. Tovar tanlanib va haqi to‘lab
bo‘linganidan keyin siz tovarni magazin omboridan xaridorga keltirib yoki
uning uyiga yetkazib berishingiz mumkin.
109
Hozirgi aloqa texnologiyalari rivojlangan sharoitda