24-MAVZU KORXONANI BOSHQARISH Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yon
-
dashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadi
-
gan iqtisodiy yo‘nalishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev MENEJMENTNING MAQSADI VA VAZIFALARI Siz tadbirkor bo‘lishingiz uchun ko‘plab xislatlar bilan bir qatorda
boshqarish qobiliyatiga ham ega bo‘lishingiz lozim. Tadbirkorlik faoliya-
tini boshqarishning zamonaviy tizimi sifatida
menejment katta ahamiyat
kasb etadi.
Menejment – korxona faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish maqsadida
uni boshqarishning usullari va tamoyillari majmuyi.
Menejmentning asosiy maqsadi korxona faoliyati rentabelligini va
uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
menejmentning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bozor talablariga mos
mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil etish;
– ishlab chiqarishga yuqori malakali xodimlarni jalb etish;
– xodimlarning ish sharoiti, mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash orqali
ularning mehnat unumdorligini oshirish;
– korxonani o‘rta va uzoq muddatli davrda rivojlantirish yo‘llarini
aniqlash;
– korxonaning har bir bo‘limi yoki qismi faoliyat samaradorligini
ta’minlash maqsadida belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam
nazorat qilish.
MENEJMENT SUBYEKTI VA OBYEKTI Menejment to‘g‘risida to‘laroq tasavvur hosil qilish uchun uning sub
-
yekti va obyektini ajratib olish muhim.
8 – Tadbirkorlik asoslari, 11-sinf
112
Menejment subyekti – bu belgilab olingan maqsad va vazifalar
-
ni amalga oshirish uchun boshqaruv ta’sirini ko‘rsatuvchi inson yoki
kishilar guruhi.