114
bir soha o‘ziga xos bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi. Shunga ko‘ra,
har bir soha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tomonidan
nazorat qilib turiladi.
Masalan, bevosita ishlab chiqarish jarayoni injener va texnologlar, mo
-
liya – moliya menejerlari, buxgalterlar va auditorlar, xodimlar – xodimlar
masalalari bo‘yicha
mutaxassislar, ta’minot – sotish bo‘yicha mutaxassis
-
lar, marketologlar tomonidan nazorat qilinadi.
Korxona rahbari esa ular
faoliyatini muvofiqlashtirib, umumiy boshqaruvni amalga oshiradi.
BOSHQARUV USULLARI
Siz o‘z korxonangizni samarali boshqarish uchun uning usullari
to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishingiz lozim.
Korxonani boshqarish usullari
– boshqaruv subyektining muay
-
yan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o‘tkazish
usullari majmuyi.
Boshqaruv usullari vositasida korxonadagi iqtisodiy jarayonlarga ta’sir
etiladi. Ta’sir ko‘rsatish mazmuniga ko‘ra boshqaruvning
tashkiliy-idora
-
viy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud.
Boshqaruv usullari
Tashkiliy-idoraviy
Iqtisodiy
Ijtimoiy-psixologik
Dostları ilə paylaş: