116
lanadigan) qat’iy valutalar asosida amalga oshirilib,
davlatning maxsus
vositalari orqali tartibga solinadi.
Tashqi
iqtisodiy faoliyat
deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik
va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxs
-
lari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy alo-
qalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shu
-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga
ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jis
-
moniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 77-II-sonli yangi
tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
TASHQI SAVDO
Ta
shqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biri –
tashqi sav
-
do hisoblanadi.
Tashqi savdo ko‘pincha tashqi savdo shartnomalari bilan
rasmiylashtiriluvchi tijorat bitimlari orqali amalga oshiriladi.
Tashqi savdo
– mamlakatlar o‘rtasidagi
mahsulot va xizmatlarni
olib chiqish (eksport) va olib kirish (import)dan iborat savdo.
Bundan ko‘rinadiki, tashqi savdo mahsulot va xizmatlar eksporti va
importidan iborat.
Eksport
– mahsulot va xizmatlarni
mamlakatdan tashqaridagi xa
-
ridorlarga sotish.
Import
– mahsulot va xizmatlarni mamlakatdan tashqaridagi so
-
tuvchilardan sotib olish.
Tashqi
savdoda ishtirok etish, ayniqsa, tovarni eksportga sotish bir
necha bosqichlardan iborat maxsus tayyorgarliklarni talab etadi.