U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

Menejment obyekti
– bu menejment subyektining ta’siri yo‘nal-
tirilgan, u tomonidan boshqariladigan barcha narsalar.
Bundan ko‘rinadiki, menejment subyekti sifatida korxona rahbari, tur
-
li sohalarga ixtisoslashgan mutaxassislar va boshqaruv ta’sirini o‘tkaza 
oluvchi boshqa shaxslar hisoblanishi mumkin. Shunga ko‘ra, yirik korxo
-
nalardagi yollanma boshqaruvchi-mutaxassislar menejerlar deb nomlanadi.
Menejment obyekti korxonadagi boshqarish faoliyati yo‘naltirilgan 
shaxslar, sohalar, jarayonlar va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
BOSHQARUV FUNKSIYALARI
Har qanday korxonani boshqarishning mazmuni, uning yuqorida belgi
-
langan vazifalari boshqaruv funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv funksiyalari
Tahlil
Rejalashtirish
Tashkil 
etish
Qiziqtirish 
(motivatsiya)
Nazorat 
qilish
Tahlil – bu korxona faoliyatining holatini baholash va raqobatchi kor
-
xonalar holati bilan taqqoslash hisoblanadi. Bunday baholash turli davrlar, 
masalan, oy, chorak, yil uchun amalga oshirilib, ushbu davrda korxona 
holatida yuz bergan o‘zgarishlar aniqlanadi. Shuningdek, tahlil jarayonida 
korxona faoliyat ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar ham aniqlanadi.
Menejment obyekti
Korxona 
xodimlari
Korxona 
raqobat-
chilari
Korxona 
moliyasi
Ishlab 
chiqarish
Resurslar 
ta’minot-
chilari
Axborot


113
Rejalashtirish – bu korxona faoliyatini rivojlantirish maqsadlarini aniq
-
lash bo‘lib, u aniq natijalar orqali namoyon bo‘ladi. Bunga biznes-reja
-
lashtirishni misol keltirish mumkin. Puxta va aniq rejalashtirilgan faoliyat 
muvaffaqiyatga erishishning garovi hisoblanadi.
Tashkil etish – bu korxonaning alohida bo‘limlari va xodimlarining ha
-
rakatini o‘zaro muvofiqlashtirish jarayoni. Tashkil etish orqali korxonaning 
muayyan tarkibiy tuzilmasi shakllantiriladi. Shuningdek, turli darajadagi 
xodimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zaro moslashtiriladi.
Qiziqtirish (motivatsiya) – bu korxona tomonidan belgilab olingan 
maqsadlarga erishishda xodimlarning qiziqishlarini hosil qilish jarayoni. 
Tadbirkorning boshqaruvchanlik mahorati o‘z qo‘l ostidagi xodimlarni 
yagona maqsad sari harakat qilishga undovchi vositalarni topa olishi or-
qali namoyon bo‘ladi.
Nazorat qilish – bu korxonada amalga oshirilayotgan ishlarning tegishli 
me’yorlarga muvofiqligini taqqoslash jarayoni. Nazorat uzluksiz jarayon 
bo‘lib, u korxona faoliyatining barcha bosqichlaridagi sifatni tekshirishga 
yo‘naltiriladi. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin