113
Rejalashtirish – bu korxona faoliyatini rivojlantirish maqsadlarini aniq
-
lash bo‘lib, u aniq natijalar orqali namoyon bo‘ladi.
Bunga biznes-reja
-
lashtirishni misol keltirish mumkin. Puxta va aniq rejalashtirilgan faoliyat
muvaffaqiyatga erishishning garovi hisoblanadi.
Tashkil etish – bu korxonaning alohida bo‘limlari va xodimlarining ha
-
rakatini o‘zaro muvofiqlashtirish jarayoni. Tashkil etish orqali korxonaning
muayyan tarkibiy tuzilmasi shakllantiriladi. Shuningdek,
turli darajadagi
xodimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zaro moslashtiriladi.
Qiziqtirish (motivatsiya) – bu korxona tomonidan belgilab olingan
maqsadlarga erishishda xodimlarning qiziqishlarini hosil qilish jarayoni.
Tadbirkorning boshqaruvchanlik mahorati o‘z qo‘l
ostidagi xodimlarni
yagona maqsad sari harakat qilishga undovchi vositalarni topa olishi or-
qali namoyon bo‘ladi.
Nazorat qilish – bu korxonada amalga oshirilayotgan ishlarning tegishli
me’yorlarga muvofiqligini taqqoslash jarayoni.
Nazorat uzluksiz jarayon
bo‘lib, u korxona faoliyatining barcha bosqichlaridagi sifatni tekshirishga
yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: