115
25-MAVZU
MAHSULOTNI EKSPORTGA CHIQARISH
Eksportni yanada rag‘batlantirish maqsadida
texnik jihatdan tartib
-
ga solish tizimini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish lozim. Asosiy
maqsadlarimizdan biri – tashqi bozorga sifatli
va sertifikatlangan mah
-
sulotlarni «o‘zbek brendi» nomi bilan olib chiqishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
KORXONA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI
Ayrim tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini tashqi bozorda sotishni maqsad
qilib qo‘yadilar.
Tashqi bozor
– muayyan mamlakat uchun xorijdagi davlatlar bozori
bo‘lib, u xalqaro kelishuvlar orqali tartibga solinadi.
Chunki tash
qi bozordagi ishtirok tadbirkorlik
faoliyatining yuqori
darajada rivojlanganligi, uning chet ellik tadbirkorlar
bilan raqobatla-
shishga tayyorligini anglatadi. Milliy tadbirkorlarning tashqi bozorlar
-
ga chiqishi davlat uchun ham manfaatli bo‘lib,
u bunday tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Bu borada tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etishda ikki jihatga e’tibor
qaratishi maqsadga muvofiq. Birinchidan, u mamlakat ichida o‘z faoliyatini
barqaror va samarali darajada yo‘lga qo‘yib olgandan keyin tashqi bozorga
chiqishni rejalashtirishi mumkin.
Ikkinchidan, u o‘z ishini to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi bozorga mahsulot
chiqarishdan boshlashi mumkin. Har ikkala holda ham korxonaning tashqi
iqtisodiy faoliyatini chuqur bilish taqozo etiladi.
Dostları ilə paylaş: