U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

tovarni namo-
yish etish va dalillar keltirish
hisoblanadi. Chunki xaridorda haqiqatan 
ham o‘z ehtiyojidagi tovar namoyish etilganiga shubha bo‘lishi mumkin. 
Bu boradagi dalillar xaridorni har qanday holatda ham to‘g‘ri tovar tan
-


110
langaniga ishontirishga emas, balki tovarni uning ehtiyojiga mos ekanligini 
ifodalovchi qo‘shimcha ma’lumotlar keltirishga xizmat qilishi lozim. 
Xaridor tomonidan e’tiroz bildirilishiga imkon yaratish zarur. Bu bo
-
radagi to‘g‘ri yo‘l – 
e’tirozga javob qaytarish 
hisoblanadi. Biroq javob 
xaridorning tovar borasidagi shubha va e’tiroziga asosli hamda haqqoniy 
bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi bosqichlarning to‘g‘ri amalga oshirilishi yakuniy bosqich –
sotishni amalga oshirishga
imkon yaratadi. Siz tomoningizdan tovarni 
sotish shakllari va bosqichlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi nafaqat sotish 
hajmini oshiradi, balki doimiy mijozlar doirangizni shakllantirishga imkon 
yaratadi.
REKLAMANING VAZIFALARI 
Reklama
lotincha so‘z bo‘lib, «
reclamo»
– qichqiraman, jar solaman
degan ma’nolarni anglatadi. Kengroq ma’noda esa, turli yo‘llar bilan om
-
maviy e’lon qilish, bildirish, hammaning diqqatini tortish uchun qilingan 
sa’y-harakatdir.
Reklama 
marketing, axborot berish, ma’
rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
vazifalarni bajaradi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Oddiy tovarlarni sotish murakkab tovarlarni sotishdan nimasi bilan farq 
qiladi?
2. Tovarni sotishning qaysi shakllari sizga ma’lum edi? Endi yana qanday 
shakllarini bilib oldingiz?
3. Tovarni sotishning har bir shakliga misol keltiring. Siz bilgan magazinlarda 
tovarni sotishning qaysi shakllaridan foydalaniladi? 
4. Tovarni sotishning qanday bosqichlari mavjud?
5. Sizningcha, atrofingizdagi savdo shoxobchalarida tovarni sotishning qaysi 
bosqichlariga yetarli e’tibor qaratilmaydi? Fikringizni izohlang.
6. Reklama qanday vazifalarni bajaradi?
7. Hozirda O‘zbekistonda reklamaning qaysi vazifasi kengroq rivojlangan?
8. Mamlakatimizdagi qaysi reklama kompaniyalarini bilasiz?
9. Aytaylik, siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni reklama qilmoqchi bo‘ldingiz. 
Qanday usullardan foydalangan bo‘lar edingiz?


111

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin