U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

24-MAVZU
KORXONANI BOSHQARISH
Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yon
-
dashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadi
-
gan iqtisodiy yo‘nalishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 
MENEJMENTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Siz tadbirkor bo‘lishingiz uchun ko‘plab xislatlar bilan bir qatorda 
boshqarish qobiliyatiga ham ega bo‘lishingiz lozim. Tadbirkorlik faoliya-
tini boshqarishning zamonaviy tizimi sifatida
 
menejment katta ahamiyat 
kasb etadi.
Menejment 
– korxona faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish maqsadida 
uni boshqarishning usullari va tamoyillari majmuyi.
Menejmentning asosiy maqsadi korxona faoliyati rentabelligini va 
uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi. Shunga ko‘ra, 
menejmentning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bozor talablariga mos 
mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil etish;
– ishlab chiqarishga yuqori malakali xodimlarni jalb etish;
– xodimlarning ish sharoiti, mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash orqali 
ularning mehnat unumdorligini oshirish;
– korxonani o‘rta va uzoq muddatli davrda rivojlantirish yo‘llarini 
aniqlash;
– korxonaning har bir bo‘limi yoki qismi faoliyat samaradorligini 
ta’minlash maqsadida belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam 
nazorat qilish. 
MENEJMENT SUBYEKTI VA OBYEKTI 
Menejment to‘g‘risida to‘laroq tasavvur hosil qilish uchun uning sub
-
yekti va obyektini ajratib olish muhim.
8 – Tadbirkorlik asoslari, 11-sinf


112
Menejment subyekti
– bu belgilab olingan maqsad va vazifalar
-
ni amalga oshirish uchun boshqaruv ta’sirini ko‘rsatuvchi inson yoki 
kishilar guruhi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin