U. G‘afurov, Q. Sharipov


Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
– xalqaro ishlab chiqarish 
integratsiyasi va kooperatsiya, tovar va xizmatlarning eksporti va im
-
porti, tashqi bozorga chiqish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyati sohasi.
Korxona tashqi iqtisodiy faoliyatining xo‘jalik ichki faoliyatidan farqi 
shundaki, tashqi iqtisodiy faoliyat erkin konvertatsiyalanadigan (ayirbosh
-


116
lanadigan) qat’iy valutalar asosida amalga oshirilib, davlatning maxsus 
vositalari orqali tartibga solinadi. 
Tashqi 
iqtisodiy faoliyat 
deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik 
va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxs
-
lari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy alo-
qalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shu
-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga 
ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jis
-
moniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 77-II-sonli yangi 
tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
TASHQI SAVDO
Ta
shqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridan biri – tashqi sav
-
do hisoblanadi. Tashqi savdo ko‘pincha tashqi savdo shartnomalari bilan 
rasmiylashtiriluvchi tijorat bitimlari orqali amalga oshiriladi. 
Tashqi savdo
– mamlakatlar o‘rtasidagi mahsulot va xizmatlarni 
olib chiqish (eksport) va olib kirish (import)dan iborat savdo.
Bundan ko‘rinadiki, tashqi savdo mahsulot va xizmatlar eksporti va 
importidan iborat.
Eksport 
– mahsulot va xizmatlarni mamlakatdan tashqaridagi xa
-
ridorlarga sotish.
Import 
– mahsulot va xizmatlarni mamlakatdan tashqaridagi so
-
tuvchilardan sotib olish.
Tashqi savdoda ishtirok etish, ayniqsa, tovarni eksportga sotish bir 
necha bosqichlardan iborat maxsus tayyorgarliklarni talab etadi.


117

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin