EKSPORT QILINAYOTGAN MAHSULOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH Siz xalqaro bozorga chiqmoqchi bo‘lsangiz bir qator amaliy vazifalar
-
ni bajarishingiz talab etiladi. Jumladan, dastlab asosiy raqobatchilarning
mahsulotlari bilan tanishib chiqishingiz, ularning texnik ko‘rsatkichlarini
tahlil qilishingiz zarur. Bu o‘z mahsulotingizning ustun va kamchilik to
-
monlarini aniqlashga yordam beradi.
A korxona mahsuloti
B korxona mahsuloti
Sizning mahsulotingiz
• Texnik
ko‘rsatkichlari
• Narxi
• Mahsulot
bo‘yicha
xizmatlar
• Asosiy sotish
bozorlari
• Texnik
ko‘rsatkichlari
• Narxi
• Mahsulot
bo‘yicha
xizmatlar
• Asosiy sotish
bozorlari
• Texnik
ko‘rsatkichlari
• Narxi
• Mahsulot
bo‘yicha
xizmatlar
• Asosiy sotish
bozorlari
Raqobatchilar mahsulotlari narxlarini tahlil qilish sizning o‘z mahsulo
-
tingiz uchun belgilangan narxning raqobatbardoshlik darajasini ko‘rsatib
beradi.
Raqobatchilar tomonidan eksport qilinayotgan mahsulot bo‘yicha taklif
etilayotgan xizmatlar majmuyini o‘rganish sizning mahsulotingiz raqobatga
qay darajada tayyorligini baholashga yordam beradi.
Siz raqobatchilarning asosiy sotish bozorlarini tahlil qilish orqali o‘z
mahsulotingiz uchun qaysi mamlakat bozori qulayligini aniqlashingiz
mumkin.
Bu bosqichdagi ishlarning natijasi yangi tashqi bozorlardagi korxona
mahsulotlari istiqbolini oldindan tasavvur etish hisoblanadi.
MAHSULOTNI EKSPORTGA TAYYORLASH Mahsulotni eksportga chiqarish tashqi bozorga chiqish bilan bog‘liq
qo‘shimcha sarf-xarajatlarni hisoblashni talab etadi. Jumladan, mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq asosiy xarajatlardan tashqari rekla
-
118
ma, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, vakolatxonalar ochish kabi qo‘shimcha
xarajatlar ham paydo bo‘lishi mumkin.
.