103
TADBIRKORLIK MUVAFFAQIYATI
ASOSLARI
22-MAVZU
IV BOB
TADBIRKORLIKDA MARKETING
MARKETINGNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Marketing –
bozor talablarini o‘rganishga asoslangan holda mahsulot
ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va
bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni
tashkil etish tamoyiliga asoslanadi.
Marketingning maqsadi
– iste’molchilar
talabini maksimal darajada
qondirish orqali yuqori foyda olish hamda tovar sotishning eng yuqori
hajmini ta’minlash.
Bu
maqsadga
marketingning quyidagi vazifalari
orqali erishiladi:
– tovar va xizmatlarga bozor talabi va uni qondirish bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganish;
– bozordagi raqobat va raqobatchilarni o‘rganish;
– tovar sotishning
samarali usullarini aniqlash;
– talabga muvofiq holda tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish;
– tovar narxini to‘g‘ri
shakllantirish;
– tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: