U. G‘afurov, Q. Sharipov


ISHLAB CHIQARISHNING ZARARSIZLIK NUQTASI



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

ISHLAB CHIQARISHNING ZARARSIZLIK NUQTASI 
Tadbirkor o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli yuritishi uchun ishlab chiqa-
rish xarajatlari va mahsulot sotish hajmi o‘rtasidagi nisbatga e’tibor qarati-
shi lozim. Buning uchun u ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasini
 
aniq
-
lay bilishi zarur.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi
bu mahsulot sotish
-
dan olingan daromadlar ishlab chiqarish xarajatlarini to‘liq qoplagan 
holatdir. Mazkur nuqtada foyda hajmi nolga teng bo‘ladi.
Mahsulot hajmini ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasidan oshishi – 
foyda olishga, pasayishi esa – zarar ko‘rishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun tadbirkor 
o‘zining doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlari hajmini bilishi kerak. Ushbu 
xarajatlar mazmuni bilan siz 18-mavzuda tanishgansiz.
Zararsizlik nuqtasini ikki xil – natural va qiymat o‘lchovlarda hisob
-
lash mumkin. Natural o‘lchamdagi ishlab chiqarish hajmining zararsizlik 
nuqtasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
BEPu
FC
P AVC
=

Bu yerda:
BEPu
(break-even point in units) – natural o‘lchamdagi ishlab chiqa
-
rish hajmining zararsizlik nuqtasi;
P
– mahsulot narxi; 
AVC
– mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar;
FC
– doimiy xarajatlar.
Aytaylik, korxonada FC – 300 000 so‘mni, AVC – 320 so‘mni tash
-
kil etadi. Agar mahsulot narxi 400 so‘m bo‘lsa, korxona faqat o‘zining 
xarajatlarini qoplashi uchun 3750 dona mahsulot ishlab chiqarishi kerak 
bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ushbu miqdordan 
oshirish foyda olish uchun imkon yaratadi.
Qiymat o‘lchamidagi ishlab chiqarish hajmining zararsizlik nuqtasi qu
-
yidagi formula orqali hisoblanadi:
BEPv
TR FC
TR VC
=
×

7 – Tadbirkorlik asoslari, 11-sinf


98
Bu yerda:
BEP
V
(break-even point in value) – qiymat o‘lchamidagi ishlab chi
-
qarish hajmining zararsizlik nuqtasi;
TR
– mahsulotni sotishdan tushgan tushum; 
VC
– o‘zgaruvchan xarajatlar.
Daromad 
(TR) va 
xarajat 
(TC), pul 
birligi
Ishlab chiqarish hajmi, Q
Umumiy xarajat
Foyda
Zarar
1 500 000
3750
Umumiy daromad
Zararsizlik nuqtasi
0
Yuqoridagi misol ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chi
-
qarishning qiymat o‘lchamidagi zararsizlik nuqtasi BER

= 400 × 3750 × 
× 300 000/(400 × 3750 – 320 × 3750) = 1 500 000 so‘mni tashkil etadi. 
BANKROTLIK
Agar sizning korxonangiz faoliyatining moliyaviy natijalari muttasil 
ravishda zarar bilan yakunlanadigan bo‘lsa, u holda bankrotlik yoki iq
-
tisodiy nochorlik holati yuzaga kelishi mumkin. Korxonani bankrot deb 
topish uchun bankrotlik alomatlari yuzaga kelishi lozim. Qonunga ko‘ra, 
korxonaning uch oy davomida o‘z qarzlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
majburiyatini bajara olmasligi uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof eti
-
ladi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin