95
Birinchi navbatda yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli
to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning
yer va binolari
-
dan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun
to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat
va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga soliqlar to‘laydilar, turli xayriya
va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning
qolgan qismi
k
orxona sof foydasini tashkil etadi.
Sof foyda
Ijtimoiy
fondlar
Jamg‘arish
Atrof-muhit
muhofazasi
Kadrlarni
tayyorlash
Tadbirkor
daromadi
O‘z navbatida sof foyda ham taqsimlanadi. Sof foydadan korxonaning
ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga,
shuningdek, jamg‘arish (ishlab
chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash
va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: