U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

TANNARXNING TURLARI
Tannarxning ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx, chegaraviy tannarx 
kabi turlari mavjud.
Ishlab chiqarish tannarxi mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan 
bog‘liq xarajatlar yig‘indisidir. U o‘z ichiga ishlab chiqarishni tashkil
etishdan boshlab to tayyor mahsulotning omborga kelib tushguniga qadar 
jarayonlardagi xarajatlarni qamrab oladi.
To‘la tannarx mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xa
-
rajatlar yig‘indisidir. Ya’ni, u ishlab chiqarish tannarxi hamda mahsulotni 
sotish bilan bog‘liq tijorat xarajatlaridan tarkib topadi.
Chegaraviy tannarx – bu har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mah
-
sulot birligining tannarxi. Misol uchun, siz 20 dona mahsulot ishlab chi
-
qarganingizda umumiy xarajatlar 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bu holatda 
bitta mahsulot tannarxi 5 000 so‘mga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, siz yana bir 
dona qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarmoqchi bo‘ldingiz. Buning nati
-
jasida sizning umumiy xarajatingiz 104 000 so‘mni tashkil etdi. Bundan 
ko‘rinadiki, mahsulotingizning chegaraviy tannarxi 4 000 so‘m bo‘lgan.


90
Ishlab chiqarish tannarxi 
– mahsulot ishlab chiqarish jarayoni 
bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.
To‘la tannarx 
– mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan 
bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.
Chegaraviy tannarx
– har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mah
-
sulot birligining tannarxi. 
Tijorat xarajatlari 
– mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni 
uni qadoqlash, tashish va reklama qilish xarajatlari.
MAHSULOT TANNARXINI HISOBLASH
Mahsulot tannarxini hisoblash tannarxni kalkulatsiya qilish deb ham 
yuritiladi.
Kalkulatsiya – 
lotincha «
calculatio» 
degan so‘zdan olingan bo‘lib, 
hisob, hisob-kitob degan ma’nolarni anglatadi. Bu mahsulot birligiga 
to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlarini pul shaklidagi hisob-
kitobi.
Ta
nnarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan mah
-
sulotning reja tannarxini yoki yaratilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini 
aniqlash imkonini beradi.
Kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish harajatlarining muayyan moddalari 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Quyida uning ayrim asosiy moddalarini ko‘rib 
chiqamiz:

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin