U. G‘afurov, Q. Sharipov


Asosiy kapitaldan samarali foydalanishning



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

Asosiy kapitaldan samarali foydalanishning
quyidagi yo‘llari mav
-
jud: ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash; ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq 
ishga tushirish.
Aylanma kapitaldan samarali foydalanish
quyidagilarni taqozo etadi: 
materiallardan yo‘qotishlarning oldini olish; ularni tejamli ishlatish; mate
-
rial sarflarini me’yorlar asosida amalga oshirish.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish 
quyidagi chora-tadbirlar
-
dan iborat bo‘lishi mumkin: ishlovchilarning malakasini oshirish; meh
-
natni ilmiy asosda tashkil etish; mehnatni me’yor asosida tashkil etish va 
rag‘batlantirish.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning 
tashqi imkoniyatlari 
sifatida 
xomashyo va materiallar narxini pasaytirish; soliq yukini qisqartirish; 


92
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiya kabilarni ko‘rsatish 
mumkin. 
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tannarx nima? Uni to‘g‘ri hisoblash qanday ahamiyatga ega?
2. Tannarxning qanday turlari mavjud?
3. Ishlab chiqarish tannarxi o‘z ichiga qanday xarajatlarni oladi?
4. To‘la tannarx qanday xarajatlardan tarkib topadi?
5. Chegaraviy tannarx nimani anglatadi? Uni bilish tadbirkorga nima uchun 
zarur deb o‘ylaysiz?
6. Mahsulot tannarxini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
7. Kalkulatsiya so‘zining ma’nosi nima?
MAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA 
MASHQLAR
1. Quyidagi jadvalda keltirilgan mebel ishlab chiqarish jarayonida mah
-
sulot tannarxini kalkulatsiya qilish ma’lumotlari asosida to‘la tannarxni 
aniqlang! 
T/r
Xarajatlar tarkibi
Mahsulot birligiga to‘g‘ri 
keluvchi xarajatlar, so‘m
1
Xomashyo va materiallar
1 000 000
2
Qaytarilgan chiqindilar
100 000
3
Yarim tayyor mahsulotlar va sotib olina
-
digan buyumlar
100 000
4
Yonilg‘i va energiya
30 000
5
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
20 000
6
Ish haqi va sug‘urta ajratmalari
200 000
7
Mahsulot sotish xarajatlari
50 000
2. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida bo‘sh kataklarni 
to‘ldiring.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin