89
19-MAVZU
MAHSULOT TANNARXI
TANNARX TUSHUNCHASI
Tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotish orqali foyda ko‘rishga
intiladi. Biroq buning uchun u o‘z
mahsuloti qanchaga tushgani, ya’ni
uning tannarxi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Tannarx
– mahsulot ishlab chiqarish va
sotish xarajatlarining pul
-
dagi ifodasi.
Demak, bundan ko‘rinadiki, mahsulot tannarxini
aniqlash uchun uni
ishlab chiqarish va sotishga qilingan sarf-xarajatlarni yaxshi bilish lozim.
Ammo mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash
ham murakkab jarayon hi
-
soblanadi. Chunki tannarxning o‘zi turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib,
ularni
hisoblashda o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: