91
3)
yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar.
Chetdan
sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Masa
-
lan, javon tutqichlari, ular eshigiga o‘rnatilgan qulflar shular jumlasidandir;
4) yonilg‘i va energiya.
Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin
kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya
manbalaridan foydalanish
mumkin;
5) asosiy vositalar amortizatsiyasi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy
vositalarning eskirgan qismi mahsulot tannarxiga qo‘shilib boradi;
6) ish haqi va sug‘urta ajratmalari.
Ishchilarga to‘langan ish haqi
va unga nisbatan hisoblangan sug‘urta ajratmalari
mahsulot tannarxiga
qo‘shiladi;
7) mahsulot sotish xarajatlari.
Mahsulotni qadoqlash, tashish va rek
-
lama qilish xarajatlari ham mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
Mahsulot tannarxini aniqlash va uning tarkibini
tahlil qilish tannarxni
pasaytirish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Umumiy holda tan
-
narxni pasaytirish imkoniyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– asosiy kapitaldan
samarali foydalanish;
– aylanma kapitaldan samarali foydalanish;
– ishlab chiqarishni
samarali tashkil etish;
– tashqi imkoniyatlar.
Dostları ilə paylaş: