86
BUXGALTERIYA VA IQTISODIY XARAJATLAR
Korxona ishlab chiqarish jarayonida o‘z resurslari yoki jalb qilingan
resurslardan foydalanishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, xarajatlar
ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi.
Tashqi xarajatlar
– korxona faoliyati uchun zarur resurs va xiz
-
matlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etish natijasida vujudga ke
-
ladigan xarajatlar.
Masalan, sizning
xomashyo va materiallar, transport xizmati uchun
to‘lovingiz tashqi xarajat hisoblanadi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari
bilan rasmiylashtirilgani sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Ichki xarajatlar
– korxona yoki tadbirkorning o‘ziga
tegishli
bo‘lgan resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar.
Bunday xarajatlar uchun pul to‘lovlari amalga oshirilmaydi. Ichki xa
-
rajatlar ushbu resurslar qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi
narxlariga taqqoslash orqali baholanadi.
Ichki va tashqi xarajatlarni farqlash korxona iqtisodiy faoliyati sama
-
radorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
DOIMIY VA O‘ZGARUVCHAN XARAJATLAR
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga
qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.
UMUMIY XARAJATLAR
Doimiy xarajatlar
O‘zgaruvchan xarajatlar
Korxona to‘lov
majburiyatlari
Xomashyo
Soliqlar
Material
Amortizatsiya ajratmalari
Yonilg‘i
Ijara haqi
Transport xizmati
Qo‘riqlash
xizmati xarajatlari,
xodimlar maoshi va h.k.
Ishchilar ish haqi va shu kabilar
uchun xarajatlar