84
SD = OD – DS
bu yerda:
SD
–
sof daromad;
OD
–
olingan daromad;
DS
– doimiy sarflar.
Aytaylik, sizning daromad solig‘i va boshqa ushlanmalardan keyingi
oylik daromadingiz 1 mln. so‘mni tashkil etadi. Doimiy sarflar (masalan,
kommunal to‘lovlari, ijara haqi va boshqalar) miqdori 400 ming so‘m
bo‘lsa, u holda sof daromadingiz 600 ming so‘mni tashkil etadi. Olinayot
-
gan kredit bo‘yicha ma’lumotlar asosida sizning
kredit olish layoqatingiz
koeffitsiyentini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
KLK
SD
OT
Bu yerda:
KLK
– kredit olish layoqati koeffitsiyenti;
SD
– sof daromad;
OT
– har oylik to‘lovlar.
Aytaylik, sizning kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlaringiz 300 ming so‘m
bo‘lsa, u holda kredit olish layoqatingiz koeffitsiyenti 2 ga teng bo‘ladi.
Ya’ni, sizning sof daromadingiz kredit bo‘yicha har oylik to‘lovlaringizni
2 baravar qoplaydi. Bank ushbu koeffitsiyentni bu borada o‘zi belgilagan
me’yorga taqqoslab ko‘radi va natija ijobiy bo‘lsa,
baholashning keyingi
bosqichlariga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: