85
18-MAVZU
KORXONA XARAJATLARI
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati xarajatlarni to‘g‘ri rejalashti
-
rish va amalga oshirishga bog‘liq. Masalan, siz biron-bir mahsulotni ishlab
chiqarish
uchun xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va
energiya,
amortizatsiya, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, foiz
to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan to‘qnash kelishingiz mumkin. Mah
-
sulotni ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazish bo‘yicha
barcha
sarflar umumiy xarajatlar deyiladi.
Umumiy xarajatlar ikkiga bo‘linadi:
– ishlab chiqarish xarajatlari;
–
muomala xaraj
atlari.
Ishlab chiqarish xarajatlari
– mahsulotni bevosita ishlab chiqarish
uchun qilinadigan sarflar.
Ular tarkibiga yuqorida keltirib o‘tilgan ish haqi, xomashyo va material
sarflari, amortizatsiya va boshqalarni kiritish mumkin.
Muomala xarajatlari
– mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchidan olib,
iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq sarflar.
Muomala xarajatlari ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xa
-
rajatlari va sof muomala xarajatlari.
Qo‘shimcha muomala xarajatlari
– mahsulotlarni o‘rash, qadoqlash,
saralash,
transportga ortish, tashish va saqlash bilan bog‘liq sarflar. Mu
-
omala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi
hisoblanib, mahsulot qiymati tarkibiga kiradi va uni oshiradi.
Xarajatlar
tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: