U. G‘afurov, Q. Sharipov


IQTISODIY FOYDA VA BUXGALTERIYA FOYDASI



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

IQTISODIY FOYDA VA BUXGALTERIYA FOYDASI
Oldingi mavzularda ichki va tashqi xarajatlarning o‘zaro farqini ko‘rib 
chiqqan edik. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy foyda va buxgalteriya 
foydasini o‘zaro farqlash lozim.
Iqtisodiy foyda – 
yalpi pul tushumi bilan barcha ichki va tashqi 
xarajatlarning farqi. 
Buxgalteriya foydasi – 
yalpi pul tushumi bilan tashqi xarajatlar
-
ning farqi.
Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar 
miqdoriga ko‘proqdir. 
Buxgalteriya 
foydasi
Umumiy pul 
tushumi
Tashqi 
xarajatlar


96
Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xa
-
rajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq 
tasavvur etish mumkin.
RENTABELLIK 
Sizning korxonangiz faoliyati moliyaviy natijalarini baholash uchun foy
-
da olishning o‘zi yetarli emas. Chunki olingan foyda hajmi korxona fao-
liyati ko‘lami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Shunga ko‘ra, foyda 
hajmini uni olish maqsadida amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlariga 
taqqoslanishi moliyaviy natijani to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Mazkur 
ko‘rsatkich rentabellik deb ataladi.
Rentabellik 
– foyda hajmining ishlab chiqarish xarajatlariga nis
-
batining foizdagi ifodasi.
Siz o‘z korxonangiz faoliyati rentabelligini hisoblamoqchi bo‘lsangiz, u 
holda quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin:
R
TC
=
×
100%
Bu yerda: 
R
rentabellik
Pr
– foyda hajmi; 
TC
ishlab chiqarish 
xarajatlari.
Aytaylik, sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishdan olingan foyda 
hajmi 24 mln. so‘mni, ishlab chiqarish xarajatlari esa 60 mln. so‘mni tash
-
kil etsa, rentabellik darajasi 40% (24 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) × 100%) ni 
tashkil etadi. 
Rentabellik ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib 
hamda ishlab chiqarish xarajatlariga teskari mutanosibdir. Shu tufayli ren
-
tabellik korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘z-
garmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
hisobiga; 2) narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. 
Iqtisodiy 
foyda
Umumiy pul 
tushumi
Tashqi 
xarajatlar
Ichki 
xarajatlar
Pr


97

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin