96
Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xa
-
rajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi
tasvir orqali yaqqolroq
tasavvur etish mumkin.
RENTABELLIK
Sizning korxonangiz faoliyati moliyaviy natijalarini baholash uchun foy
-
da olishning o‘zi yetarli emas. Chunki olingan foyda hajmi korxona fao-
liyati ko‘lami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Shunga ko‘ra, foyda
hajmini uni olish maqsadida amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlariga
taqqoslanishi moliyaviy natijani to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Mazkur
ko‘rsatkich rentabellik deb ataladi.
Rentabellik
– foyda hajmining ishlab chiqarish xarajatlariga nis
-
batining foizdagi ifodasi.
Siz o‘z korxonangiz faoliyati rentabelligini hisoblamoqchi bo‘lsangiz, u
holda quyidagi formuladan foydalanishingiz mumkin:
R
TC
=
×
100%
Bu yerda:
R
–
rentabellik;
Pr
– foyda hajmi;
TC
–
ishlab chiqarish
xarajatlari.
Aytaylik, sizning korxonangizda daftar ishlab chiqarishdan olingan foyda
hajmi 24 mln. so‘mni, ishlab chiqarish xarajatlari esa 60 mln. so‘mni tash
-
kil etsa, rentabellik darajasi 40% (24 mln. so‘m / 60 mln. so‘m) × 100%) ni
tashkil etadi.
Rentabellik ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri
mutanosib
hamda ishlab chiqarish xarajatlariga teskari mutanosibdir. Shu tufayli ren
-
tabellik korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘z-
garmagan holda ikki yo‘l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
hisobiga; 2) narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Iqtisodiy
foyda
Umumiy pul
tushumi
Tashqi
xarajatlar
Ichki
xarajatlar
Pr