99
21-MAVZU
TADBIRKORLIKNI SOLIQQA TORTISH
Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashti
-
rish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengay
-
tirish zarur.
O‘z ehtiyoji uchun obyektlar qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik
va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum mud
-
datga kechiktirish huquqini berish darkor.
Shuningdek,
kichik korxona
-
lar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish
shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO‘LOVLAR
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni 9-moddasida
tadbirkorlik
faoliyati subyektlarining majburiyatlari qatorida
soliqlar va boshqa maj
-
buriy to‘lovlarni to‘lashi belgilab qo‘yilgan.
Soliq kodeksida soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar tushunchalari
mazmuni quyidagicha yoritib
o‘tilgan.
Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyat
-
ga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushu
-
niladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan dav
-
lat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari,
shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor
shaxslar tomonidan
yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga
nisbatan amalga
oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va
boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan
yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: