100
Demak, soliq – bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun
zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va
huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
SOLIQ SOLISHNING UMUMBELGILANGAN VA
SODDALASHTIRILGAN TARTIBI
O‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan har bir tadbirkor soliqlarni hi
-
soblash va to‘lash borasida yetarli bilimga ega bo‘lishi lozim.
Chunki
soliqlar o‘z tavsifiga ko‘ra tadbirkor uchun xarajat mazmuniga ega bo‘lib,
uning moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, o‘zi
to‘laydigan soliqlarni oldindan rejalashtirmaslik tadbirkorlik faoliyatiga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng avvalo tadbirkor o‘zi uchun soliq solishning qanday tartibidan foy
-
dalanish ma’qulligini aniqlab olishi kerak.
Umuman olganda, tadbirkorlik
subyektlari ikki xil ko‘rinishda soliqqa tortilishi mumkin:
1)
umumbelgilangan tartibda;
2) soddalashtirilgan tartibda.
Birinchi tartib barcha umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish
va to‘lashda qo‘llaniladi. Bunda har bir soliq turi bo‘yicha
alohida hisob-
kitob ishlari amalga oshiriladi va belgilangan muddatda soliq summasi
to‘lab boriladi.
Ikkinchi tartib ayrim soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘-
batlantirish, ularga muayyan shart-sharoit
va imtiyozlar yaratish maqsa
-
dida qo‘llaniladi. Bunda umumbelgilangan soliqlarning barchasi yoki bir
nechtasi o‘rniga boshqa umumlashtirilgan soliq turi joriy etilishi mumkin.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
– soliq solishning ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan
hamda ayrim turdagi
soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan
soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda
tutuvchi alohida tartibi.
Dostları ilə paylaş: