101
UMUMBELGILANGAN SOLIQLAR VA BOSHQA
MAJBURIY TO‘LOVLARNING TURLARI
Soliq kodeksining 23-moddasida O‘zbekiston
Respublikasi hududida
amal qiluvchi umumbelgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
turlari sanab o‘tilgan. Jumladan, umumbelgilangan soliq turlariga quyida
-
gilar kiritilgan.
Umumbelgilangan soliq turlari
Yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i
Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Mol-mulk solig‘i
Benzin, dizel yonilg‘isi
va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan soliq
Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun
soliqlar va maxsus to‘lovlar
Aksiz solig‘i
Yer solig‘i
Suv resurslaridan
foydalanganlik
uchun soliq
Majburiy to‘lov turlari
yagona ijtimoiy to‘lov
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
fuqarolarning sug‘urta badallari
davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalar
Davlat
maqsadli
jamg‘armalariga
majburiy to‘lovlar
Bojxona
to‘lovlari
Chakana savdo qilish va
xizmatlarni ko‘rsatish
huquqi uchun yig‘im
Davlat
boji
Shuningdek, umumbelgilangan majburiy to‘lov turlari quyidagilardan
iborat ekanligi belgilab berilgan.
102
Siz umumbelgilangan soliqlar asosiy turlarining
mazmuni va ularni
to‘lash tartibi bilan 8-9-sinflarda o‘tilgan «Iqtisodiy bilim asoslari» fanida
tanishib chiqqansiz.
SODDALASHTIRILGAN TARTIBDA
TO‘LANADIGAN SOLIQLAR
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ay
-
rim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini,
yagona yer
solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari
qo‘llanilishini, shuningdek, mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim
etilishini nazarda tutadi.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq
Dostları ilə paylaş: