6. Qanday jadval oddiy jadval hisoblanadi?
1) Egasida xodisa va jarayonlarning ruyxati.
2) kesimi oddiy bo‘lgan jadval.
3) egasida xodisa va undan ko‘p belgisi bo‘yicha guruxlash berilgan jadval.
4) egasida bir belga bo‘yicha guruxlar berilgan jadval.
5) barcha javoblar to‘g‘ri
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. Tashkent, O‘zbekiston, 2001.
2. O‘zbekiston Respublikasi qonuni: “Davlat statistikasi to‘g‘risida”. 2002 yil
12 dekabrda qabul qilingan.
3. Goskomprognozstat. Gosudarstvennaya programma perexoda Respubliki
O‘zbekistan na prinyatuyu v mejdunarodnoy praktike sistemu uchyota i
statistiki. Utverjdena Kab. Min. Respubliki № 344 ot 14 s 1994g.
4. Karimov I.A. Tanlangan asarlar to‘plami. 1- 4 tomlar.
5. Abdullayev Ye. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: O‘qituvchi, 2002.
6. Soatov N.M. Statistika. Darslik. T., «Ibn Sino», 2003.
7. Statistika. Darslik. (prof. X.A.Shodiyev tahriri ostida) T.: «Ibn Sino»,
2004.
8. Abdullayev Ye. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: mexnat,
1998.
9. Makroiqtisodiy statistika. Akademik S.S. G‘ulomov taxlili ostida. T.:
TDIU, 2000.
10. Teoriya statistiki. Pod red. R.A.Shmoylovoy M.: Finansi i statistika,
2001.
11. Ekonomicheskaya statistika. 2-ye izd., dop. Uchebnik. Pod.red Yu.N.
Ivanova. – M.: Infra – M., 2002.
27
IV Mavzu. MUTLОQ VA NISBIY MIQDORLAR
REJA:
4.1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari
4.2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning
ifodalanishi
4.3. Nisbiy miqdorlar turlari va ularni hisoblash tartibi
4.1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va
o‘lchov birliklari
Tabiiy va ijtimoiy xodisalar , jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda
ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda, ma’lumotlarda
berilib, hujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar
yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi.
Miqdorlarda ifodalangan iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni
umumlashtirib , tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy
vazifasidir.
Xodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi,
so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi.
Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning
dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar qo‘shish, ayirish, o‘lchash
kabi amallarni bajarish bilan aniqlanadi.
Aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni,
korxonalarda xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni - “bir”,
”ikki”, “uch” kabi sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming
kishi, ming dona kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Qurilgan yo‘llar
uzunligi, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l - metr, kilometr kabi
uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi.
Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik
miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini
o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz xajm o‘lchov birligi
bo‘lgan kub metrda , to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonniy
metrlarda ifodalanadi.
Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq
miqdorlarga bo‘linadi. Yakka xodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq
miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar
28
o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning
boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun
tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi -
42600 so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bug‘doy noni,
familiyasi, ismi aniq bo‘lgan, imtixonni “a’lo” bahoga topshirgan talaba
va shu kabilar.
O‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini
tavsi flovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular
dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida
olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi
umumiy mutloq miqdorlardir. Shuning uchun ham umumiy mutloq
miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
A um. = a
1
+ a
2
+ a
3
+ a
4
+… an =
∑
=
n
i 1
a
i
Bu yerda: A um. - umum mutloq miqdor;
a
1
… an - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq
miqdorlar;
∑
=
n
i 1
a
i
- to‘plam birliklarining yig‘indisi.
Masalan: 1) Xo‘jalik brigadasida 15 ta terimchi tergan
paxtasining yig‘indisi
(60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64) -
1354 kg.
2) Kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan
mehnat haqlari quyidagicha:
Xodimlar
1
2
3
4
5
6
7
8
Ish haqi,
so‘m
248400 339500 250600 247300 158500 162400 153000 244300
Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu
so‘mmalarning yig‘indisi - 1804000 so‘mdan iborat.
Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, qiymat (pul) va mehnat
o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Ob’ektning xususiyatiga
qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari
ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu
kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki
tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni -
29
gektarlarda ifodalanishi mumkin.
Natura o‘lchov ayrim xodisa, jarayonlarning xususiyatini to‘liq
ifodalamaydi. Shuning uchun ham shartli natura o‘lchov birligi
qo‘llanadi. Konserva ishlab chiqaruvchi korxona tayyor mahsulotlarini
turli shisha bankalarda tayyorlashi mumkin. Bu shisha bankalar turli
hajmda (0,5, 1,0 li, 2 li, 3 li, 10 litr xokazo) bo‘lganligi sababli, ularning
yakka miqdorlarini qo‘shib umumiy to‘plamni aniqlash noto‘g‘ri
bo‘ladi. Shuning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1,0
litrlik shartli bankaga qayta hisoblab chiqiladi. Sovun ishlab chiqaruvchi
korxona 60 % , 40 % lik kir sovunlari, atir sovun va poroshok ishlab
chiqaradigan bo‘lsa, ularning ham og‘irliklarini bir shartli o‘lchovga
keltirish lozim. Masalan, korxona ushbu yilda 80 ming tonna 60%
lik,120,0 ming 40% sovun ishlab chiqargan. Ularni shartli bir birlikka
keltirishda 40% sovun koeffitsiyenti 1,0 ga, 60% sov 40% sovunga
aylantirish shartli koeffitsiyenti - 1,5 bo‘lsa, unda korxona jami 200,0 m
tonna (80,0+120,0) emas, balki (80,0 x 1,5) + (120,0 x 1,0)= 120,0 +
120,0 = 240,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqargan bo‘ladi. Yoqilg‘i
sifatida ishlatiladigan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, gaz, slanes kabilar
issiqlik koeffitsiyenti asosida qayta hisoblanib, kaloriyasi aniqlanadi.
Murakkab xodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov
birliklarida ifodalanadi. Bunday xodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov
birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk
- tonna/ kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda,
xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi / soatda. Lekin natura
o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan xodisa va jarayonlar
umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi
ishlatiladi. Barcha xodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida ya’ni yagona
o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |