78
tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisini bir qismidir.
Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining
ham ko‘payishi (yoki kamayishiga)
olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri
bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil
belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari
bog‘lanish deyiladi.
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu
usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) qatorlar
tuzish usuli singarilardir.
Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol
bilan
jamg‘arma, aholi pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Xodimlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi
analitik guruhlash orqali
ham aniqlanadi. Bu usul yordamida omil va natija belgilar o‘rtasidagi
bog‘liqlik o‘rganiladi. Analitik guruhlash odatda omil belgi asosida
amalga oshirilib har bir guruh uchun natijaviy
belgilarni tasvirlovchi
o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi. Keyin esa,
har ikkala belgi
o‘rtasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarni
o‘zgarishini omil o‘zgarishi bilan solishtiriladi
va tegishli xulosalar
qilinadi.
Muayyan davr ichida belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni oddiy
parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan ham o‘rganiladi.
Shu maqsadda eng
avvalo taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi
nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon
joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi.
7.2. O‘garuvchan belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni
Dostları ilə paylaş: