U хudoyberdiev, B. Aliev


VII MAVZU. «KORRELYATSION-REGRESSION



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə52/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

VII MAVZU. «KORRELYATSION-REGRESSION 
TAHLIL VA UNING BOZOR IQTISODIYOTI 
O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHLARNI O‘RGANISHDA 
QO‘LLANILISHI” 

REJA:


7.1. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari, shakllari va
bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari.
7.2. O‘zgaruvchan belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tahlil
qilishda korrelyatsiya nazariyasining qo‘llanilishi.
7.3. Regressiya tenglamasi statistik bog‘lanishlar analitik ifodasining
asosiy shakli.
7.4. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar zichlik ko‘rsatkichlari.
7.5. Ko‘p omilli korrelyatsiya to‘g‘risida tushuncha.

7.1. Xodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari, shakllari 
va bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari 

Tabiat va jamiatdagi barcha xodisalar va jarayonlar bir - biri bilan


uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu xodisa va jarayonlardan birining



77
o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi.


Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning harakteriga qarab funksional
va korrelyatsion bog‘lanishlarga bulinadi.
Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab esa, to‘g‘ri va teskari
bog‘lanishlarga bo‘linadi. Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab
bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlarga va egri chiziqli
bog‘lanishlarga bo‘linadi.
Bir o‘zgaruvchan belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan
belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga funksional
bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional belgilarning eng muxim
xususiyati shundaki, bunday bog‘lanishlarda barcha omillarning to‘liq
ro‘yxatini, ularning natijaviy belgi bilan bog‘lanishini to‘liq ifodalovchi
tenglamasini yozish mumkin.
Funksional bog‘lanishlarni sxematik tarzda quyidagi tenglama
bilan ifodalash mumkin:

Yi = U (xi) 
bu yerda: Yi - natijaviy belgi; 
Xi - omil belgisi; 
U (xi) - bu belgilarning ma’lum funksional bo¼lanishidir. 

Funksional bog‘lanishlarni to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar


deyiladi. Funksional bog‘lanishlar matematika, fizika va boshqa tabiiy
fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Funksional bog‘lanishlar turli - tuman bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy
faoliyatda amaliy jixatdan uchramaydi. Odatda omil belgining aniq
qiymatiga natijaviy belgining bir qancha turli qiymatlari to‘g‘ri keladi.
Bunday bog‘lanish statistikada korrelyatsion (correlatio - lat -
narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi) bog‘lanish deb aytiladi. Ularning
harakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha
omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida
korrelyasion bog‘lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish
mumkin, xolos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan
ifodalash mumkin:


Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin