U хudoyberdiev, B. Aliev


IX mavzu. IQTISODIY INDEKSLAR



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə71/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

IX mavzu. IQTISODIY INDEKSLAR 

REJA: 

9.1. Indekslarning moxiyati, vazifalari va turlari.


9.2. Agregat shaklidagi indekslar umumiy indekslarning asosiy shaklidir
9.3. O‘rta arifmetik va garmonik indekslar
9.4. O‘zaro bog‘langan o‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy
siljishlar indekslari tizimi

1. Indekslarning moxiyati, vazifalari va turlari 

Indeks so‘zi lotincha «indlex» atamasidan olingan bo‘lib,


ko‘rsatkich, belgi ma’nosida ishlatiladi.
O‘zining
mohiyati
jixatidan
indekslar
ham
statistikada
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi.
Statistik indekslar bizga ma’lum bo‘lgan boshqa umumlashtiruvchi
ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Chunki indekslar hodisa va jarayonlarning
nafaqat nisbiy jihatdan o‘zgarishini, balki bu o‘zgarishga ta’sir qiluvchi
asosiy omillari ta’sirini ham mutloq jixatdan aniqlash imkonini beradi.
Indekslar yordamida umum ulchovga ega bo‘lmagan turli xildagi
masalalar, jumladan, murakkab to‘plamlarning ikki va undan ortiq
davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarish, shartnoma va davlat buyurtmalarining
o‘rtacha bajarilish darajasi, turli ob’ekt yoki xududlar miqyosidagi
o‘zaro nisbatlari shuningdek murakkab to‘plamlar orasidagi bog‘lanish
kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi.
Statistik indekslar deb o‘zaro qo‘shib bo‘lmaydigan elementlardan
tashkil topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil
bo‘ladigan umumlashtiruvchi kursatkichga aytiladi.



103
Indekslar quyidagi belgilarga qarab tasniflanadi:


- o‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab;
- to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab;
- hisoblash uslubiga qarab;
O‘rganilayotgan ob’ektlarning harakteriga qarab, indekslar hajm va
sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi.
Birinchi guruh indekslariga sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsuloti
fizik hajm indekslari, chakana tovar oboroti, milliy daromad, iste’mol va
shu singari indekslar kiradi. Bu indekslarning hammasida miqdor bir xil
taqqoslama narxlarda bo‘ladi.
Ikkinchi guruh indekslarga narx indekslari, tannarx indekslari,
mehnat unumdorligi, hosildorlik indekslari kiradi.
To‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab, indekslar oddiy
(individual) va umumiy (guruhli) indekslarga bo‘linadi.
Umumiy indekslar hisoblanish uslubiga qarab, agregat indekslariga
va o‘rtacha indekslariga bo‘linadi.
Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, biri - joriy
(hisobot), ikkinchisi - o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr
deyilganda indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan darajasi
tushuniladi. U “1” satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. Bazis davr
deyilganda taqqoslash asosi qilib olingan daraja tushuniladi, uni “0” satr
osti ishorachasi orqali ifodalash qabul qilingan. i va J lar esa mos
ravishda oddiy (individual) va umumiy indekslarni ifodalaydi.


Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin