Tayanch iboralar Agranilotsitoz – donasiz leykotsitlarning ko‘payishi.
Azoturiya – azotli birikmalarning ko‘p miqdorda siydik bilan
chiqishi.
Anemiya – kamqonlik, hajm birligida qonda eritrotsitlar va
gemoglobin kamayishi bilan ta’riflanadigan holat.
Antikoagulyantlar – qon ivishiga ta’sir etadigan moddalar.
Antitela – organizmga antigenlar tushganda qon va to‘qimalarda
hosil bo‘lgan oqsil tabiatli immun moddalar.
Bilirubinuriya – bilirubinning siydik bilan ajralishi.
Eritrotsitlar – qizil qon tanachalari, qonning shaklli elementlari,
tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi.
Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi – eritrotsitlarning cho‘kish
reaksiyasi – qon plazmasidagi oqsil komponentlarining o‘zaro
nisbati va turli kasalliklarda eritrotsitlarning soni va hajmi
o‘zgarishlarini aniqlaydigan diagnostic ko‘rsatkich.
Fermentlar – oqsil tabiatga ega bolgan murakkab organik
moddalar. Ular hayvonot va o‘simlik organizmida bo‘lib, ulardagi
kimyoviy jarayonlarni million martagacha tezlashtiradi.
Fibrin – qon plazmasidagi erigan fibrinogendan uning thrombin
bilan o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan oqsil.
Granulotsitlar – donachali lekotsitlar (neytrofillar, eozinofillar,
bazofillar).
Leykemiya – oq qon tanachalarining qonda ko‘payib ketishi.
Leykopoez – oq qon tanachalarini hosil bo‘lish jarayoni.
Leykotsitoz – oq qon tanachalarining sonini periferik qonda
ortib ketishi.
Leykotsitlar – oq, rangsiz tanachalar, qonning shaklli elementi.
Limfotsitoz – qonda limfotsitlar sonini ko‘payishi.
Limfopeniya – qonda limfotsitlar sonini kamayishi.
Monotsitlar – periferik qondagi donachasiz leykotsitlarning bir turi.