18
Resurslarni taqsimlash
(resource allocation). Bir vaqtning
o‘zida bir nechta foydalanuvchi yoki bir nechta vazifalar bajarilganda,
ularning har biri uchun resurslar ajratilishi kerak. Operatsion tizim
ko‘plab turli xil resurslarni boshqaradi. Ba’zilarida (masalan,
protsessor sikllari, asosiy xotira va fayllarni saqlash) maxsus
taqsimlangan kodi bo‘lishi mumkin, boshqalarida (kiritish/chiqarish
qurilmalari kabi) umumiy so‘rov va ozod qilish kodi bo‘lishi mumkin.
Masalan, protsessorni qanday qilib yaxshiroq ishlatish mumkinligini
aniqlashda, operatsion tizimlar protsessorni rejalashtirishda protsessor
tezligini, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni, mavjud registrlar sonini
va boshqa omillarni hisobga oladi. Shuningdek, printerlarni, USB
qurilmalarni va boshqa yordamchi qurilmalarni taqsimlashning tartib-
qoidalari mavjud bo‘lishi mumkin.
Hisoblash
(accounting). Biz qaysi foydalanuvchilar qancha va
qanday turdagi kompyuter resurslaridan foydalanishini kuzatishni
istaymiz. Hisobni yuritish buxgalteriya hisobida (foydalanuvchilar
hisob-kitoblarni olishlari uchun) yoki foydalanish statistikasini
to‘plash uchun ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: