Ikkinchi davr (1955-1965 yillar)
1950yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza
yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash
texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod
kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim
masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan
imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan
ishlaydigan
mutaxassislar,
dasturchilar,
operatorlar,
11
ekspluatatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga
ajraldilar.
Shu yillarda birinchi alogritmik tillar yuzaga keldi va natijada
birinchi tizimli dasturlar kompilyatorlar ham yaratildi. Protsessor vaqti
qiymati (narxi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni
talab qildi.
Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu
tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi
va shu bilan birga protsessor yuklanish koeffitsienti oshdi. Paketli
ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari
deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga
mo‘ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi.
Paketli ishlov berish tizimlarini amalga oshirishda, topshiriqlarni
boshqarishning formallashgan tili ishlab chiqildi, uning yordamida
dasturchi tizimga va operatorga hisoblash mashinasida qaysi ishni
bajarmoqchi ekanligi haqida ma’lumot beradi. Bir nechta topshiriqlar
majmuasi, qoida bo‘yicha perfokartalar “koloda”si ko‘rinishida bo‘lib,
topshiriqlar paketi nomini oldi.
Uchinchi davr (1965-1980 yillar)
Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu
yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar
yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgichli elementlardan (tranzistor
turidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi
avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi
dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari
seriyasidir. 1960yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi
avlod mashinalaridan baho/unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga
anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasi
tan olindi.
Dasturiy mutanosiblik OT larni ham mutanosibligini talab qildi.
Bunday operatsion tizimlar ham katta EHM da ham, kichik hisoblash
tizimlarida ham, turli yordamchi (periferik) qurilmalarning kam soni
va ko‘p soni bilan ham, tijorat sohasida ham, ilmiy-tadqiqot sohalarida
ham ishlay olishi kerak.
Shunday hamma qarama-qarshi talablarni qondiradigan asosda
quriladigan operatsion tizimlar juda murakkab “monstr”lar bo‘lib
12
chiqdi. Ular ko‘p millionli assembler qatorlaridan iborat bo‘lib,
minglab dasturchilar tomonidan yozilgan bo‘lib, minglab xatolarni o‘z
ichiga oladi, ular minglab tuzatishlarga olib keladi. Operatsion
tizimning har bir yangi versiyasida biror xatolar tuzatilib, yangisi
yuzaga keldi. Ko‘pgina muammollar va juda katta o‘lchamga
qaramasdan OS/360 va unga o‘xshash 3-avlod operatsion tizimlari
haqiqatdan ham iste’molchilarning ko‘pgina talablarini qondirdilar.
Bu avlodning eng katta erishgan yutuqlaridan bir multidasturlashni
amalga oshirishdir.
Multidasturlash – bu hisoblash jarayonning tashkil qilish usuli
bo‘lib, bitta protsessorda navbat bilan bir nechta dastur bajariladi.
Bitta dastur kiritish/chiqarishni amalga oshirguncha keyingi
dasturlarni oldingi ketma-ket bajarilishdagi kabi (bir dasturli rejim)
protsessor to‘xtab turmaydi, balki boshqa dasturni bajaradi (ko‘p
dasturli rejim). Bunda har bir dastur operativ xotiradagi bo‘lim deb
ataluvchi o‘z qismiga yuklanadi.
Boshqa yangilik – buferlash (spooling) deb ataladi. Buferlash u
vaqtda hisoblash jarayonini tashkil etish usullaridan biri bo‘lib, unga
mos ravishda topshiriq perfokartadan diskga hisoblash markazida
paydo bo‘lish tartibida yoziladi, keyin esa navbatdagi topshiriq
tugallanishi bilan, yangi topshiriq diskdan bo‘shagan bo‘limga
yuklanadi.
Paketli ishlov berishni multidasturlashli amalga oshirish bilan
birga, OTlarning yangi turi – vaqtni taqsimlash tizimlari yuzaga keldi.
Vaqtni taqsimlash tizimlarida qo‘llaniladigan multidasturlash varianti,
har bir foydalanuvchi uchun hisoblash mashinasidan yagona
foydalanish tasavvurini hosil qilishga imkon beradi.
Multidasturlashni yuzaga kelishi hisoblash tizimi tuzilishiga
chuqur o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Bunda asosiy rolni
apparat tomonidan qo‘llanish o‘ynaydi, uning asosiy xususiyatlari
quyida keltirilgan:
Multidasturlashning xususiyatlari
Himoya mexanizmini amalga oshirish. Dasturlar mustaqil
ravishda resurslarni taqsimlash imkoniga ega bo‘lishi kerak emas, bu
imtiyozli va imtiyozsiz buyruqlarni keltirib chiqardi. Imtiyozli
buyruqlar OT tomonidan bajariladi.
Uzilishlar mavjudligi. Tashqi uzilishlar OT ni asinxron
hodisa, masalan kiritish/chiqarish operatsiyasi tugallanganligi haqida
13
ogoxlantiradi. Ichki uzilish, OT aralashuvi zarur bo‘lganda yuz beradi,
masalan himoyani buzishga bo‘lgan harakat.
Arxitekturada parallellashni rivojlantirish. Xotiraga bevosita
murojaat va kiritish/chiqarish kanalini tashkil etish, markaziy
protsessorni qiyin operatsiyalarni bajarishdan xalos etadi.
Albatta, multidasturlashni tashkil etishda OT roli juda muhimdir.
U quyidagi operatsiyalar uchun javob beradi:
Tizimli chaqiriqlar yordamida OT va amaliy dasturlar orasida
interfeysni tashkil etish;
Xotiradagi topshiriqlardan navbat tashkil etish va topshiriq
uchun protsessorni ajratish uchun protsessordan foydalanishni
rejalashtirish;
Bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tish, hisoblashlarni to‘g‘ri
tashkil etish uchun kontekstni saqlash;
Xotira chegaralangan resurs bo‘lganligi uchun, xotirani
boshqarish algoritmi zarur, ya’ni xotiradan ma’lumotlarni olish,
joylashtirish va almashtirish jarayonlarini tartibga solish talab qilinadi;
Ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda fayl ko‘rinishida saqlashni
va ma’lum fayllardan faqat aniq foydalanuvchilar foydalana olishini
tashkil etish;
Dasturlarga ruhsatli (sanksiyali) ma’lumot almashish talab
etilgani uchun, ularni kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash
zarur;
Ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, ziddiyatli holatlarni
yechishga to‘g‘ri keladi, bu ko‘pincha turli resurslar bilan ishlashda
ro‘y
beradi,
shuning
uchun
harakatlarni
dasturlar
bilan
sinxronlashtirish talab qilinadi.
Vaqtni taqsimlash tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv
rejimda sozlash imkoniga ega bo‘ldi, bunda u ma’lumotli diskga
perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritishi mumkin
bo‘ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini
ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Dostları ilə paylaş: |