8
Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va
operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
kompyuterdan
foydalanishda
qulaylik,
samaradorlik,
ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizim kompyuter va
uning
resurslaridan
foydalanishda
maksimal
foydalilik
va
samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va
buzg‘unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu
ishi foydalanuvchi uchun ko‘rinmasligi mumkin,
lekin u doimiy
ravishda mavjud bo‘ladi.
kompyuterga ulangan tarmoq, disk va boshqa tashqi
qurilmalardan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik,
xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizimning asosiy funksiyasi – bu
tashqi qurilmalar bilan ishlash. Masalan, OT qattiq diskga istalgan
murojaatni qayta ishlashi, drayver (disk bilan axborotlarni almashish
uchun past darajali dastur) va kontrollerlarning (disk bilan
kiritish/chiqarishni bajaruvchi) birgalikda ishlashini ta’minlashi kerak.
Kompyuter USB – portiga ulangan istalgan “fleshka” operatsion
tizimda aniqlanishi, o‘zining mantiqiy nomini olishi va u
chiqarilmagunga qadar butun vaqt davomida kompyuter tizimi fayl
qismi bo‘lib qolishi mumkin.
bugungi kundagi OT larni muhim bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni
xavfsizlik, ishonchlilik va ma’lumotlar himoyalanganlikni ta’minlash.
Tarmoq doirasida kompyuter va operatsion tizim bilan ishlashda
ishtirok etuvchilar unga va uning dasturlariga buzg‘unchilar
tomonidan bo‘ladigan xujumlarga (reklama
yoki virus va boshqa
ko‘rinishlarda
kompyuterlarga
kirib,
foydalanuvchi
maxfiy
saqlaydigan login, parollarni o‘g‘irlash, kompyuter ish foaliyatini
buzish va shunga o‘xshash boshqa xodisalar) doimiy ravishda
uchraydilar. Ushbu kursda biz bugungi kundagi OTda qabul qilingan
ishonchlilik, xavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash
usullarini ham ko‘rib chiqamiz.
Operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
Dostları ilə paylaş: