10
mavjud bo‘lmagan.
Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter
operatsion tizimga ega bo‘lmagan.
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda,
ikkinchi jahon
urushidan keyin ma’lum taraqqiyot-rivojlanish yuz berdi. 1940yillar
o‘rtalarida birinchi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh
mutaxassislar
hisoblash
mashinalarini
ham
loyihalashda,
ham
ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutaxassislari
ishtirok etganlar. Bu jarayon ko‘proq, kompyuterdan asbob-uskuna
sifatida turli amaliy sohalar masalalarini
yechishda foydalanish emas,
balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi.
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT
to‘g‘risida gap ham yo‘q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish
masalalari, har bir dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali
“qo‘lda” yechilar edi.
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirishi mumkin edi.
Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi holatda perfokarta kolodasidan
kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli yordamida yuklanar edi.
Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida
faqat bitta operatsiyani
(kiritish/chiqarish yoki hisoblashlarni) bajarar edi. Dasturni sozlash
boshqarish panelidan xotira va mashina registri holatini o‘rganish
yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy
ta’minot yuzaga keldi. 1951-1952 yillar belgili tillar (Fortran va
boshqa) dan birinchi kompilyatorlar
versiyalari yuzaga keldi,
1954yilda esa IBM-701 uchun Assembler tili ishlab chiqildi.
Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi,
dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi
deb ataldi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash
tizimlarining
yuqori narxi, ularning soni kamligi va foydalanishning
past samarasi bilan belgilandi.
Dostları ilə paylaş: