170
faqat printer uchun foydalanilmaydi. Masalan, domen tarkibiga
kiradigan elektron pochta dasturiy ta’minotida. Jo‘natilishi kerak
bo‘lgan xat spuling katoligada joylashadi. So‘ng domen elektron
pochtani ochib ko‘radi, uni qayerga jo‘natish kerakligini aniqlaydi va
jo‘natadi.
Vaqtning
istalgan
momentida
kirishga
ruhsat
olinmaganlikni olish ehtimolligi mavjud bo‘ladi, bu holatda domen
spuling katalogida xatni qoldiradi va keyinroq takroran uzatishga
harakat qilish to‘g‘risida axborotni qayd etib qo‘yadi. Demon
shuningdek, kechikish to‘g‘risidagi xabarni jo‘natishi mumkin, agar
xat joriy bir necha soatda yoki kunda jo‘natilmasa – xatni jo‘natish
imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida axborotni jo‘natadi.
Masalan, foydalanuvchi dasturi operatsion tizimda ishga
tushirilgan chaqiriqlarni qayta ishlash uchun fayldagi blokni o‘qishga
harakat qiladi. Qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minot bu blokni
keshdan qidiradi. Agar talab qilinayotgan blok bo‘lsa, u apparaturaga
murojaat qilish va diskdan bu blokni qabul qilish uchun qurilma
drayverini
chaqiradi.
Jarayon
diskni
o‘qish operatsiyalari
yakunlangunga qadar bloklanadi.
Disk operatsiyani yakunlaganda, apparat uziladi. To‘xtalishlarni
qayta ishlash nima sodir bo‘lganligini aniqlash uchun ishga tushadi,
unda qaysi mexanizm e’tibor talab etilayotganligi aniqlaniladi. So‘ng
u mexanizm holati to‘g‘risida axborotni oladi va kiritish/chiqarish
so‘rovini qayta ishlashni yakunlash uchun “vaqtinchalik to‘xtab
turgan” jarayonni faollashtiradi, va foydalanuvchi rejimi ishlashni
davom ettirishga topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: