U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Disklar, qismlar, sektorlar, klasterlar



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   253
os

Disklar, qismlar, sektorlar, klasterlar 
Fayllarni 
saqlashda 
zamonaviy 
hisoblash 
tizimlarida 
foydalaniladigan asosiy qurilma turi qattiq disk bo‘ladi. Diskli 
tarqatgich qattiq va yumshoq magnitli disklardagi ma’lumotlarni 
yozish va solishtirib o‘qish uchun mo‘ljallangan.
Qattiq disk har biri bitta yoki ikkita tomoni magnitli materilallar 
bilan berkitilgan bir yoki bir nechta shishali yoki metalli plastinkadan 
iborat bo‘ladi. Bunday ko‘rinishda, umumiy holatda disk plastina 
paketidan iborat bo‘ladi (5.2- rasm).
Har bir tomondagi har bir plastina ingichka bitta umumiy 
markazga ega halqa – ma’lumotlar saqlanadigan yo‘lak chizig‘i 
bo‘ladi. Yo‘laklar miqdori disk turiga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘laklar 
raqami 0 dan boshlanib diskning markazidagi tashqi chiziqgacha 
boradi. Disk aylanganda kichkina bosh (ma’lumotlarni o‘qish) deb 
nomlangan element magnitli yo‘lak orqali ikkilik ma’lumotlarni 
o‘qiydi yoki ularni magnitli diskga yozadi. Ma’lumotlarni o‘qish 
ushbu yo‘lakga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni o‘qish 
diskning yuqorisida diskretli qadamlarni o‘zgartiradi, har bir qadam 
bitta qadamga siljishga to‘g‘ri keladi. 
Diskga yozish ma’lumotlarni o‘qish usuli orqali yo‘lakning 
magnit xususiyatlarini o‘zgartirishi tufayli amalga oshiriladi. Ba’zi 
disklarda har bir yuza bo‘ylab bitta ma’lumotni o‘qishga (kichkina 
bosh) o‘zgaradi, boshqalarda esa har bir yo‘lakda ma’lumotlarni 
o‘qish asosida bo‘ladi. Birinchi holatda “kichkina boshdan” 
axborotlarni izlash uchun disk radiusi bo‘yicha o‘zgaradi. Barcha 
kichkina boshlar odatda yagona joyini o‘zgartiruvchi mexanizm va 
sinxron harakatlanish bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Shu sababli 
“kichkina bosh” bitta yuza qism yo‘lagidagi ma’lumotni qayd etganda 
qolgan barcha “kichkina bosh” lar xuddi shu raqamli yo‘lakda 
to‘xtaydi. Har bir yo‘lak bitta yo‘lak boshqa biri bilan kichkina boshni 


182 
o‘zgartirishni talab qilmaydigan alohida kichkina boshga ega bo‘ladi 
va buning hisobiga ma’lumotlarni izlashga sarflanadigan vaqt tejaladi.
5.2- rasm. Qattiq disk qurilmasining sxemasi
Plastinaning yuqa qismidagi bitta radiusidagi yo‘lak majmui 
silindr (cylinder) deb ataladi. Har bir yo‘lak sektor yoki blok deb 
ataladigan fragmentlarga (qismlarga) bo‘linadi. Barcha yo‘laklar 
sektorlar soni bilan teng bo‘ladi. Sektor ikkilik darajasi bilan 
ifodalanadigan aniq bir tizim hajmi uchun belgilangan bo‘ladi. 
Ko‘pincha sektorning hajmi 512 baytdan iborat bo‘ladi. Turli xil 
radiusli yo‘laklar bir xil sektor miqdoriga ega bo‘ladi. Markazga yaqin 
yo‘lakka nisbatan uzoqrog‘iga yozish zichroq bo‘ladi (markazga yaqin 
yo‘laklarning hajmi kichikroq bo‘ladi).
Kerakli sektorni diskdan izlashda unga sektorning barcha tashkil 
etuvchilarini berish kerak bo‘ladi: 

silindr raqami; 

yuzasi raqami; 

yo‘lak sektor raqami. 
Sektor – tezkor xotira bilan disk qurilmasi ma’lumotlar 
almashadigan qisqa manzil. Bu dastur diskdan faqat bitta baytni 
o‘qishni talab etsa, butun bir sektor o‘qiladi va kerakli ma’lumotni 
tanlash uchun tizimga uzatishini bildiradi. Amaliy dastur sektorlarda 
emas baytlarda operatsiyani bajaradi, shu sababli talab etilayotgan 
ma’lumot sektori qisqa hajmini ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, u holda 
so‘rov zarur axborotlarni o‘z ichiga olgan bir nechta sektorlarni va 


183 
talab qilinyotgan ortiqcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bir yoki 
ikkita sektorni o‘qishni o‘z ichiga oladi. 
Operatsion tizim disk bilan ishlaganda klaster deb ataladigan 
diskdagi yagona joydan foydalanadi. OT faylni yaratish yordamida 
uning uchun diskdan joy so‘raydi. Masalan, agar fayl 2560 hajmli 
joyga ega bo‘lsa, fayl tizimida klaster hajmi esa 1024 bilan 
belgilangan bo‘lsa, u holda fayl diskni 3 ta klasterga ajratadi.
Klaster – diskga xotirani taqsimlash orqali fayl tizimi 
operatsiyalarini bajaradigan eng kam miqdorli disk joyi. Yo‘laklar va 
sektorlar fizik yoki past pog‘ona, diskni formatlash protseduralarini 
bajarish natijasida yaratiladi. Diskda belgilangan blok chegarasi uchun 
identifikatsiyalangan axborotlar yoziladi. Past pog‘ona disk shakli 
ushbu disk foydalaniladigan operatsion tizimga bog‘liq emas.
Aniq bir fayl tizimi uchun disk belgisi yuqori pog‘ona yoki 
mantiqiy formatlash (shakllantirish) protseduralarida bajariladi. 
Yuqori pog‘onada shakllantirish klaster o‘lchamini begilab beradi va 
diskga fayl tizimi bilan ishlashda zarur bo‘ladigan axborotlarni 
yozadi, ya’ni kirishga ruhsat berilgan yoki foydalanilmaydigan 
to‘g‘risida, fayl va kataloglarni ajratilish hududi chegarasi to‘g‘risida, 
hududlardagi shikastlanishlar to‘g‘risida axborotlar. Bundan tashqari 
operatsion tizimga yuklovchini, ya’ni kompyuter reestri yoki manba 
ulangandan so‘ng operatsion tizimga initsializatsiyalash jarayonini 
boshlab beradigan uncha katta bo‘lmagan dasturni yozadi.
Ma’lum bir fayl tizimidagi diskni formatlashga nisbatan uni 
qismlarga ajratish mumkin. Qism - operatsion tizim foydalanuvchiga 
mantiqiy qurilma sifatida taqdim etadigan fizik diskning uzluksiz 
qismi.
Mantiqiy vosita aynan foydalanuvchi bilan birga ishlaydi, unga 
nomlari bo‘yicha murojaat etadi, masalan, A, V, S, SYS va boshqalar. 
Turli turdagi operatsion tizimlar ularning barchasi uchun yagona 
qismlar to‘g‘risidagi tushunchadan foydalanadilar, lekin har bir OT 
turi uchun maxsuslashtirilgan uning mantiqiy vositasi asosida 
yaratadi. Har bir mantiqiy vosita faqat bitta fayl tizimini yaratishi 
mumkin.
Ushbu fizik diskdagi turli xil mantiqiy vositalar shu va turli xil 
turdagi fayl tizimlarida joylashadi. 5.3- rasmda ikkita fayl tizimi 
o‘rnatilgan NTFS (C va E qismlar) va bitta FAT (D qism) fayl tizimi 
o‘rnatilgan 3 qismga ajratilgan disk keltirilgan.


184 
Operatsion tizim qismlarni turli xil holatlarini qo‘llab-
quvvatlashi mumkin, asosan operatsion tizim modelini yuklash uchun 
foydalanilishi mumkin bo‘lgan qismlarni qayd etadigan va faqat fayl 
ma’lumotlarini saqlash va ilovalarni o‘rnatish mumkin bo‘lgan 
bo‘limlarni tasvirlaydi. Diskning bo‘limlaridan biri faol bo‘ladi. 
Aynan shu bo‘lim operatsion tizimni yuklovchi hisoblanadi.
5.3- rasm. Ikkita NTFS fayl tizimi va bitta FAT fayl tizimi o‘rnatilgan 
3 qismga ajratilgan disk 

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin