178
murakkabliklarini himoyalaydi va bu saqlanuvchiga
nisbatan sodda
mantiqiy modelli dasturni fayl yaratuvchisiga taqdim etadi,
shuningdek unga murakkab fayllar uchun qulay bo‘lgan buyruqlardan
foydalanishni taqdim etadi.
FT tomonidan yechiladigan vazifalar umuman hisoblash
jarayonini tashkil qilish usuliga bog‘liq. FT ning eng sodda ko‘rinishi
bu bir foydalanuvchilik va bir dasturli OT lar, masalan MS-DOS. Bir
foydalanuvchilik va bir dasturli FT ning
asosiy funksiyasi quyidagi
masalalarni hal etish hisoblanadi:
Faylni nomlash;
Ilovalar uchun dasturiy interfeys;
Ma’lumotlar saqlaydigan fizik tashkil etuvchisida fayl
tizimining mantiqiy modelini tasvirlash;
Resursdagi to‘xtalishlarga, qurilma va dasturiy vositalar
xatoliklariga fayl tizimining bardoshliligi.
FT masalasi bir foydalanuvchi ishlashiga mo‘ljallangan,
lekin
unga bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayonlarni ishga tushirishga
imkon beradigan
bir foydalanuvchili ko‘pdasturli OT
operatsiyalarini
murakkablashtiradi. Bu toifadagi birinchi OT OS/2 bo‘lgan.
Yangi
topshiriqni qo‘shish masalasini bajarishda faylga bir nechta jarayonlar
kirishiga ruhsat berilishi kerak bo‘lgan. Bu holatda fayl resurslarga
ajratilgan, demak fayl tizimi ushbu resurslar bilan bog‘liq barcha
muammolarni hal etishi kerak bo‘lgan. Bir foydalanuvchilik ko‘p
dasturli fayl tizimida faylni
va uning qismlarini bloklash, quvib
o‘tishni oldini olish,
berklikni rad etish, nusxalarni moslashtirish va
boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: